AsosiyDunyo

Qirgʻiziston sobiq prezidentining oilasi uydan majburan chiqarildi

Sud qarorigʻa muvofiq, sobiq prezident Almazbek Atambayevning mol-mulki, jumladan, Qoʻy-Toshdagi uyi musodara qilindi.

Qirg‘iziston Davlat mulkini boshqarish agentligi ma’lum qilishicha, sud qarori asosida sobiq prezident Almazbek Atambayevning oilasi yashab kelgan Chuy viloyatining Alamudin tumaniga qarashli Qo‘y-Tosh qishlog‘idagi uy va yer maydoni davlat tasarrufiga qaytarildi. Sobiq prezident Almazbek Atambayevning oilasi Qo‘y-Tosh qishlog‘idagi uyidan majburan chiqarib yuborilmoqda, deya yozmoqda "zamon.uz". 

Agentlik vakillarining ta’kidlashicha, ushbu hudud endilikda ijtimoiy ehtiyojlarga xizmat qiladigan ob’ektlarga ajratiladi. Rejalarga ko‘ra, u yerda qariyalar uyi va bolalar bog‘chasi qurilishi belgilangan.

Ma’lumot uchun 2025 yil 3 iyun kuni Bishkek shahrining Birinchi May tuman sudi Almazbek Atambayevni 11 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish haqidagi hukmni e’lon qilgan. Shu bilan birga, sud qaroriga ko‘ra, sobiq prezidentning bir qator mol-mulk

    Boshqa yangiliklar