AsosiySiyosat

So'nggi sakkiz yilda jami talabalar soni 250 mingdan 1,5 millionga yetdi

Oliygohlar soni ham 77 tadan 202 tagacha koʻpayib yoshlarga oliygohlarga kirishda tanlov imkoniyati oshirildi.

'So'nggi sakkiz yilda jami talabalar soni 250 mingdan 1,5 millionga yetdi'ning rasmi

So‘nggi sakkiz yilda oliygohlar soni 77 tadan 202 tag, jami talabalar soni 250 mingdan 1,5 millionga yetdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, oliy ta’limda “o‘qishga kiritib qo‘yish” degan o‘ta salbiy illatga to‘liq barham berildi. Yoshlarga oliygohlarga kirishda tanlov imkoniyati oshirilgan.

Professor-o‘qituvchilarning oyligi salmoqli darajada oshib, oliygoh muallimi bo‘lish ko‘pchilikning orzusiga aylangan.

Keyingi paytlarda aniq va tabiiy fanlarga ko‘proq e’tibor qaratilmogda. Yaqinda “ToshTech”, Bauman universiteti filiali, Olmaliq davlat texnika institutini ochish boyicha qarorlar imzolandi. Xorazmda Al-Xorazmiy universitetiga tamal toshi qo‘yildi. Qolgan hududlarda ham uning filiallari bo‘ladi.

Mamlakatimizda yerosti boyliklarining ulkan zaxirasi mavjud. Ilgari neft-gaz sohasidagi qidiruv ishlari faqat 2,5-3 ming meter chuqurlikda olib borilardi. Bu yil sanoatimiz tarixida birinchi marta Ustyurtda 6,5 ming meter yer qar’ini burg‘ulab, juda katta gaz zaxirasi topilgan.

Yangi industrial davr – “to‘rtinchi sanoat inqilobi”ni amalga oshirish uchun dunyoda tellur, litiy, selen, grafit, molibden kabi texnologik minerallarga talab bir necha karra ko‘paymogda. Tahlillarga ko‘ra, dunyodagi volfram, molibden, rux va titan zaxiralarining 10-15 foizi mintaqamizga to‘g‘ri keladi.

“Ushbu ulkan resurslarni yuqori qo‘shilgan qimmatli mahsulotga aylantirish uchun bizga eng avvalo ilm, bilim va innovatsiya kerak”, — deydi Prezident.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Kelasi yildan pedagoglar uchun davlat xizmatlari to‘lovi 2 karra kamaytiriladi'ning rasmi

    Siyosat Bugun 15:13

    Kelasi yildan pedagoglar uchun davlat xizmatlari to‘lovi 2 karra kamaytiriladi

    Davlat rahbari pedagoglarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida yangi tashabbuslarni ilgari surdi.

    'Texnikum o‘qituvchilari uchun ham kasbiy sertifikatlash tizimi joriy etiladi'ning rasmi

    Siyosat Bugun 14:53

    Texnikum o‘qituvchilari uchun ham kasbiy sertifikatlash tizimi joriy etiladi

    Har yili 500 nafar muallim ilg‘or xorijiy ta’lim tashkilotlariga, yana 500 nafar kasb ustalari esa chet eldagi yirik korxonalarga stajirovkaga yuboriladi.

    'Investor – tarmoq – texnikum zanjiri asosida texnikumlarda dual taʼlim yoʻlga qoʻyiladi'ning rasmi

    Siyosat Bugun 14:42

    Investor – tarmoq – texnikum zanjiri asosida texnikumlarda dual taʼlim yoʻlga qoʻyiladi

    Yangi o‘quv yilidan 100 ta texnikumda Germaniya, Shveysariya, Xitoy, Koreya, Britaniya kabi davlatlar bilan ta’lim bo‘yicha hamkorlik qilinadi.

    ''ning rasmi

    Siyosat Bugun 14:32

    ''ning rasmi

    Siyosat Bugun 14:23

    ''ning rasmi

    Siyosat Bugun 14:14