Navoiy viloyatining Uchquduq tumanida mahalla raisi ayolga nisbatan no‘rin xatti-harakat qilgani uchun sud qarori bilan 3 sutkaga ma’muriy qamoqqa olindi. Bu haqda Nemolchi.uz xabar berdi.
Ayol 18 iyun kuni “Ayollar daftari”ga kiritish masalasi bo‘yicha mahallaga murojaat qilgan, biroq ertasi kuni raisdan tungi vaqtda noma’qul xabarlar olgan.
19 iyun kuni mahalla binosiga borganida, u raisni xodim bilan spirtli ichimlik iste’mol qilayotgan holatda uchratib, darhol huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan.
4 sentyabr kuni sud raisni aybdor deb topib, 3 sutka qamoq jazosi tayinladi. Ammo sud qarorida uning lavozimidan chetlatilishi haqida ma’lumot keltirilmagan.
Jamoatchilik bu kabi shaxslar rahbarlik lavozimida qolmasi kerakligini ta’kidlamoqda.