Buyuk Britaniya hukumatining AQSH sobiq prezidenti Donald Trumpning qirollikka tashrifi tugashi bilan Falastinni mustaqil davlat sifatida tan olishga tayyorlanmoqda.
“The Times” nashriga ko‘ra, Bosh vazir Kir Starmer bu masalani Trump ketguniga qadar kechiktirib turgan.
Manbaga ko‘ra, 18 sentyabrga rejalashtirilgan qo‘shma matbuot anjumanida bu mavzu asosiy masalaga aylanishidan xavotirlangan Starmer, Trump oldida Falastin borasida bayonot berishni istamagan. AQSh ma’muriyati esa Falastinni tan olishga qat’iy qarshi ekani ta’kidlangan.
Britaniyaning ushbu qarorni BMT Bosh Assambleyasi sessiyasi oldidan e’lon qilishi kutilmoqda. Sessiyada, shuningdek, Frantsiya, Kanada, Avstraliya kabi davlatlar ham Falastinni tan olishini e’lon qilishi mumkin.
Iyul oyida Starmer Isroil Gazodagi harbiy harakatlarni to‘xtatmasa, Britaniya Falastinni sentyabrda tan olishini bildirgandi. Isroil esa bunga javoban London bilan mudofaa va xavfsizlik hamkorligini to‘xtatishi mumkinligini eslatgan.
Bugungi kunda 140 dan ortiq davlat Falastinni tan olgan. Britaniya hukumati esa bu qadamni uzoq muddatli tinchlikka erishish yo‘lidagi muhim qadam deb hisoblaydi.