Andijon viloyatida “Norin-Qoradaryo” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi balansidan 10 sotix yer maydoni olib berishni va’da qilgan shaxs uslandi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrixon tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. fuqaro S.T.ning ishonchiga kirib, unga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish hamda qo‘shimcha ob’ekt qurish uchun Shahrixon tumani, “Norin-Qoradaryo” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi balansidagi 10 sotix yer maydonini go‘yoki kadastr bo‘limida ishlovchi tanishlari orqali noturar joy sifatida kadastr hujjatlarini tayyorlab olib berishi evaziga 32 000 AQSh dollarini berishi kerakligini aytib, shundan 18 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmog‘da, deyiladi xabarda.