AsosiyDunyo

Filippinda 50 mingga yaqin odam korruptsiyaga qarshi namoyishga chiqdi

Prezident Markos agar davlat rahbari bo‘lmaganida namoyishchilar yonida turishini ta’kidladi.

'Filippinda 50 mingga yaqin odam korruptsiyaga qarshi namoyishga chiqdi'ning rasmi

Filippinaning poytaxti Manila shahrida o‘tkazilgan yirik namoyishda 50 mingga yaqin fuqaro korrupsiyaga qarshi chiqdi. Aksiyada qatnashganlar hukumatdagi shaffoflik va adolat talablarini ilgari surdi. Politsiya 72 kishini, jumladan, 20 nafar voyaga yetmagan shaxsni hibsga oldi.

Prezident Kichik Ferdinand Markos namoyishlarga munosabat bildirib, xalq noroziligini tushunishini aytib o‘tdi: “Odamlarning ko‘chadagi noroziliklarini tanqid qila olmaymiz. Agar prezident bo‘lmaganimda, men ham ular bilan namoyishga chiqqan bo‘lardim”, — dedi u.

Namoyishlar mamlakatda korrupsiyaga qarshi kayfiyat kuchayib borayotganini ko‘rsatmoqda.

    Boshqa yangiliklar