AsosiyDunyo

Ўшда мудҳиш воқеа юз берди

18 yoshli qiz attraksiondan yiqilib, halok bo'ldi.

'Ўшда мудҳиш воқеа юз берди'ning rasmi

Qirg‘izistonnning O‘sh shahridagi istirohat bog‘ida 18 yoshli qiz attraktsiondan yiqilib, halok bo‘ldi. Bu haqda Turmush.kg ma’lum qildi.

Hodisa 21 sentyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi parkda yuz bergan. Uch dugona “Qayiqcha” nomli attraktsionda uchayotganida ulardan biri yiqilib tushgan. Tez yordam xodimlari voqea joyiga yetib kelgan. Biroq qiz nafas olmayotganini, u halok bo‘lganini anqlagan.

O‘sh shahar Ichki ishlar boshqarmasi holat yuzasidan tergov ishlarini boshlagan. Voqeaning barcha tafsilotlari aniqlanmoqda. Huquq-tartibot idoralari ma’lumotlariga ko‘ra, marhum 2007 yilda tug‘ilgan O‘sh viloyati Qorasuv tumanida yashovchi qiz bo‘lgan.

2025 yil aprel oyida o‘tkazilgan yig‘ilishida Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘laridagi attraktsionlar tegishli texnik diagnostika, laboratoriya sinovlari va texnik ko‘rikdan o‘tkazilmagan holda ishlab turgani aytilgandi. Bundan tashqari, attraktsionlarga xizmat ko‘rsatuvchi mas’ul xodimlarning maxsus tayyorgarlikdan o‘tganini tasdiqlovchi guvohnomalari va sanitariya daftarchalari bo‘lmagan.

    Boshqa yangiliklar