AsosiyDunyo

Eron sobiq prezidenti qatl etiladimi?

U yadroviy kelishuv sababli tanqidlarga uchragan.

'Eron sobiq prezidenti qatl etiladimi?'ning rasmi

Eron sobiq prezidenti Hasan Ruhoniy sudda ayblari isbotlansa, unga o‘lim jazosi qo‘llanilishi mumkin. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi. 

Deputatning so‘zlariga ko‘ra, Ruhoniy mamlakaga-etarli darajada ziyon yetkazgan.

"Bunga misol – yadro kelishuvi. U faqatgina yo‘qotishlarga olib keldi. Ruhoniy esa bundan faxrlanardi", – deydi u.

G‘azanfarining ta’kidlashicha, oldingi parlament Ruhoniyga qarshi sakkizta shikoyat topshirgan va ularning barchasi sudga yuborilgan. U sudya rahbari G‘olamhusayn Muhsiniy Ejejeyni qonun talablariga ko‘ra bunday ishlar ustuvor tartibda ko‘rib chiqilishi kerakligiga qaramasdan, hech qanday chora ko‘rmaganlikda ayblaydi.

"Ruhoniy sud qilinganmi? Jazolanganmi? Agar shunday bo‘lsa, tushuntiring. Agar yo‘q bo‘lsa, nega sud qilinmagan va jazo olmaganini ayting", – degan deputat.

Shuningdek, u marhum prezident Ibrahim Raisiy hukumatidan sudga yuborilgan boshqa ish haqida ham gapirgan. Unga ko‘ra, Ruhoniy Sa’dobod my.uzbmb.uz qimmatbaho gilam g‘oyib bo‘lishida ham ayblangan. 

    Boshqa yangiliklar