AsosiyDunyo

Dunyodagi har uchinchi ayol jinsiy zo'ravonlikka uchraydi

BMT Gender tenglikka erishish uchun 123 yil kerak bo‘lishi haqida gapirdi.

'Dunyodagi har uchinchi ayol jinsiy zo'ravonlikka uchraydi'ning rasmi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi doirasida Nyu-Yorkda o‘tayotgan siyosiy munozaralarda ayollar huquqlari va jinsiy zo‘ravonlik masalasi asosiy e’tibor markazida bo‘ldi.

BMT matbuot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, dunyodagi har uchinchi ayol hayoti davomida hech bo‘lmaganda bir marta jinsiy zo‘ravonlikka duch keladi.

Bosh Assambleya raisi Annelena Berbok ta’kidlaganidek, hozirgacha ayollar erkaklar bilan to‘liq teng bo‘lgan birorta ham mamlakat yo‘q.

Ayrim hududlarda ayollarning huquqlarini tilga olishning o‘zi hayot uchun xavf tug‘diradi.

“Hech bir siyosatchi, sudya yoki diniy yetakchi qizlarimizga o‘z tanasi bilan nima qilishni aytay olmaydi. Bu bizning tanamiz — bizning tanlovimiz”, — dedi Berbok.

Unga ko‘ra, gender tenglikka to‘liq erishish uchun hozirgi sur’at bilan yana 123 yil kerak bo‘ladi.

Bu tenglik amalga oshganida, global YIM (yalpi ichki mahsulot) 7 trillion dollarga ortgan bo‘lardi.

Ma’lumot uchun, BMT 2024 yilida qurolli mojarolar vaqtida sodir etilgan 4500 dan ortiq jinsiy zo‘ravonlik holatini qayd etgan. Jabrlanganlarning 93 foizini ayollar va qiz bolalar tashkil etadi.

    Boshqa yangiliklar