Ehtiyojmand aholiga 1 million so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish uchun arizalar qabul qilish boshlandi. Bu haqda Ijtimoiy himoya agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yil noyabr oyida “Ijtimoiy himoya yagona reestri”, “Kambag‘al oilalar reestri”ga kiritilgan oilalar hamda “Mahalla yettiligi” tomonidan qo‘shimcha shakllantirilgan ro‘yxatdagi ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratiladi.
Bugungi kunda mazkur ikki reestrdа (“Ijtimoiy himoya yagona reestri”, “Kambag‘al oilalar reestri”) 816 mingta oila mavjud.
Shuningdek, “Mahalla yettiligi” tomonidan ushbu reestrlargidagi oilalarning 40 foizigacha qo‘shimcha ravishda kambag‘allikka tushish xavfi yuqori bo‘lgan oilalar ro‘yxati shakllantirilmоqda. Joriy yil 19 sentyabr holatiga ko‘ra, “Mahalla yettiligi” tomonidan 317 698 ta qo‘shimcha ehtiyojmand oilalar ro‘yxati tuzilgan.
Talabgorlar “Mahalla yettiligi” vakillariga 25 sentyabr kunigacha ariza berishlari mumkin.
Aholi qo‘shimcha ma’lumot olish uchun 1140 yoki 1070 qisqa raqamlariga murojaat qilishlari mumkin.






