AsosiyDunyo

Suriya prezidenti BMTda sanksiyalarni bekor qilishni talab qildi

Ahmad Ash-Sharaa BMT minbarida nutq so‘zlab, xalqaro hamjamiyatni Suriyaga nisbatan sanksiyalarni to‘liq olib tashlashga chaqirdi.

'Suriya prezidenti BMTda sanksiyalarni bekor qilishni talab qildi'ning rasmi

Suriyaning muvaqqat prezidenti Ahmad Ash-Sharaa 24 sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasida nutq so‘zladi. U nutqida mamlakat 60 yil davomida bosim ostida yashaganini, hozir esa siyosiy islohotlar boshlangani taʼkidladi.

Ash-Sharaa  xalqaro hamjamiyatni Suriyaga nisbatan qo‘llanilayotgan sanktsiyalarni bekor qilishga chaqirib, bu cheklovlar aholi erkinligini to‘sayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Suriyada yangi hukumat tuzilgan, qurolli kuchlar davlat nazoratiga o‘tkazilgan, milliy dialog yo‘lga qo‘yilgan.

U, shuningdek, Isroilni mintaqadagi keskinlikni kuchaytirishda aybladi va diplomatik yo‘l bilan tinchlikka erishish tarafdori ekanini bildirdi.

Maʼlumot uchun, 2024 yil dekabrida Bashar Asad hokimiyatdan ag‘darilib, Suriyada yangi siyosiy davr boshlangan edi.

    Boshqa yangiliklar