BMT Bosh Assambleyasi doirasida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga bilan uchrashdi. Suhbat chog‘ida savdo, investitsiya, ta’lim, madaniyat va xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Saidovning ta’kidlashicha, uchrashuv ikki mamakat o‘rtasidagi mulokatni chuqurlashtirish va yangi imkoniyatlar ochishga bo‘lgan intilishni tasdiqladi.
Sibiga esa tomonlar siyosiy mulokatni qayta tiklash va ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirishga kelishib olganini ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasida so‘nggi siyosiy maslahatlashuv 2021 yil may oyida bo‘lib o‘tgan edi.