AsosiyJamiyat

Samarqandda fuqarolarni Meksika orqali AQShga yuborishni vaʼda qilgan shaxs qoʻlga tushdi

У 3 нафар фуқарони АҚШга юборишни ваъда бериб, уларнинг ҳар биридан 32 минг доллардан талаб қилган.

'Samarqandda fuqarolarni Meksika orqali AQShga yuborishni vaʼda qilgan shaxs qoʻlga tushdi'ning rasmi

Samarqand shahrida faoliyat yurituvchi sayyohlik firma rahbari Samarqand shahri va Urgut tumanida yashovchi 3 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, zarur bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirgan holda, ularni Meksika davlati orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborish evaziga har biridan 32 ming AQSh dollaridan, jami 96 ming AQSh dollari talab qiladi. Bu haqda DXX axborot xizmati xabar berdi. 

Xabarga ko‘ra, Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda sayyohlik firma rahbari oldindan 15 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlangan.

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zgatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar