AsosiyJamiyat

Surxondaryoda Damas haydovchisi 3 kishini urib yubordi

Hodisaga harakat vaqtida rulda yuzaga kelgan nosozlik sabab bo‘lgan.

'Surxondaryoda Damas haydovchisi 3 kishini urib yubordi'ning rasmi

Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida Damas nosozlik sabab bir necha piyodani urib ketdi. Viloyat YHXB holat yuzasidan ma’lumot berdi. 

Unga ko‘ra, holat 22-sentabr kuni soat 14:00 larda Sho‘rchi tumani “Navro‘z” mahallasi hududidan o‘tuvchi 4K 592 avtomobil yo‘lining 2-kilometrida sodir bo‘lgan. 1998 yilda tug‘ilgan haydovchi Damasda harakat vaqtida rul boshqaruv qurilmasida nosozlik yuzaga kelgan.

Oqibatda qarama-qarshi bo‘lakka chiqib ketib, yo‘lni tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan kesib o‘tayotgan 3 nafar piyodani turtib yuborgan. Oqibatda piyodalar olgan tan jarohatlari sababli tuman tibbiyot birlashmasiga etkazilgan.

Hozirda holat yuzasidan Sho‘rchi tumani IIB tomonidan yo‘l-transport hodisasi oqibatida olgan tan jarohatining og‘irlik darajasini, hamda transport vositasining texnik holatini aniklash maqsadida sudga oid tibbiy va texnik ekspertiza tayinlanib, tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:09

    Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi

    Jinoiy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi Shahzod Rismatovga hukm o‘qidi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:02

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 19:31

    'Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 16:27

    Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

    Markaziy bank 24 noyabr kuni uchun belgilangan yangi valyuta kurslarini e'lon qilindi.

    'Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 15:41

    Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi

    Havodagi PM2.5 va PM10 miqdori oshgan sharoitda yo'llarni namlash shahardagi ikkilamchi changlanishni qisqa vaqtda kamaytiruvchi eng tezkor choralardan biri hisoblanadi.

    'O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 13:18

    O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi

    Turistlar oqimini ko'paytirish, xizmatlar sifatini oshirish va investitsiyalarni rag'batlantirishni ko'zda tutadi.