AsosiyJamiyat

Bolalarga sifat-siz oziq-ovqat yetkazib berganlar bu faoliyat bilan qayta shug'ullanmasligi kerak — Bolalar ombudsmani

Toshkent viloyatida bolalarning ommaivi zaharlanishi yuzasidan Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi.

'Bolalarga sifat-siz oziq-ovqat yetkazib berganlar bu faoliyat bilan qayta shug'ullanmasligi kerak — Bolalar ombudsmani'ning rasmi

Bolalar ombudsmani bolalar uchun sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib bergan subyektlarning mazkur faoliyat bilan qayta shug‘ullanishiga yo‘l qo‘ymaydigan qat’iy mexanizm joriy etilishi shartligini bildirdi.

Qayd etilishicha, bolalar ovqatlanishi xavfsizligini ta’minlashga oid qonunchilik talablari va belgilangan standartlarga rioya etmaslik, bu borada nazorat mexanizmlarining etarli samarali yo‘lga qo‘yilmaganligi oqibatida bolalar salomatligiga zarar yetishi holatlari yuzaga kelmoqda.

Toshkent viloyatining qator tumanlaridagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kuni kecha yuz bergan salbiy vaziyat aynan shundan dalolat beradi.

Albatta, tergov organlari tomonidan holatga to‘liq huquqiy baho berilib, barcha aybdor shaxslarga qonun doirasida qat’iy javobgarlik choralari ko‘rilishi shart.

Shu bilan birga, bunday noxush holatlarning oldini olish, jumladan ta’lim muassasalarida bolalarni ovqatlanishi xavfsizligini ta’minlash maqsadida sohani tartibga soluvchi standartlarga rioya qilinishi ustidan alohida qat’iy sifat nazorati o‘rnatilishi lozim.

Bunday sifat nazorati mexanizmi bolalar ovqatlanishiga oid xizmatlarni ko‘rsatish tizimini doimiy monitoring qilish orqali amalga oshirilishi kerak. Xususan, xizmat ko‘rsatuvchi (autsorser) korxonalar o‘z faoliyatida sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiq olib borayotganligi, oziq-ovqat mahsulotlarining belgilangan talablarga javob berishi va boshqa standartlarga rioya etish darajasi doimiy o‘rganilishi kerak.

Shuningdek, bolalar ovqatlanishiga oid xizmatlarni ko‘rsatishga oid shartnomalar tuzishda inson omilini minimallashtirish orqali korrupsion xavflarni bartaraf etish zarur.

Yana bir muhim preventiv chora — bolalar uchun sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib bergan subyektlarning mazkur faoliyat bilan qayta shug‘ullanishiga yo‘l qo‘ymaydigan qat’iy mexanizm joriy etilishdir.

Bola huquqlari bo‘yicha vakil tomonidan bolalar ovqatlanishi xavfsizligi sohasidagi muammolarni o‘rganish natijalari va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar mutasaddi idoralarga taqdim etiladi.

Bolalar salomatligi — millat salomatligi demakdir, uni saqlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rishimiz, har qanday xatarli omillarni bartaraf etishimiz shart.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:09

    Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi

    Jinoiy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi Shahzod Rismatovga hukm o‘qidi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:02

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 19:31

    'Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 16:27

    Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

    Markaziy bank 24 noyabr kuni uchun belgilangan yangi valyuta kurslarini e'lon qilindi.

    'Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 15:41

    Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi

    Havodagi PM2.5 va PM10 miqdori oshgan sharoitda yo'llarni namlash shahardagi ikkilamchi changlanishni qisqa vaqtda kamaytiruvchi eng tezkor choralardan biri hisoblanadi.

    'O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 13:18

    O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi

    Turistlar oqimini ko'paytirish, xizmatlar sifatini oshirish va investitsiyalarni rag'batlantirishni ko'zda tutadi.