AsosiyDunyo

Trump AQShda tugʻma fuqarolikni bekor qilmoqchi

Oq uy tugʻma fuqarolikni bekor qilishga oid farmonni qoʻllab-quvvatlash uchun yana Oliy sudga murojaat qildi.

'Trump AQShda tugʻma fuqarolikni bekor qilmoqchi'ning rasmi

Oq uy Donald Trump ma'muriyatining tug'ma fuqarolikni bekor qilishga oid farmonini kuchda qoldirish uchun AQSH Oliy sudiga murojaat qildi, deya yozmoqda "Zamon.uz". 2025 yil 26 sentyabrida yuborilgan murojaat shu masalada bir yil ichida oliy sudga ikkinchi marta qayrilish hisoblanadi.

2025 yil 20 yanvarida imzolangan farmonga ko'ra, AQSH hududida noqonuniy migrantlar yoki vaqtincha chet ellik fuqarolardan tug'ilgan bolalarga avtomatik ravishda fuqarolik huquqi berilishi taqiqlanadi. Ma'muriat bunday amaliyotni 14-tuzatishning "noto'g'ri talqini" deb hisoblab, uni mamlakat uchun "salbiy oqibatlarga olib keluvchi" omil sifatida baholamoqda.

 

Quyi sudlar hozirgacha mazkur siyosatni bir necha bor to'xtatib qo'ygan. Iyul oyida San-Fransisko apellyatsiya sudi federal sudyaning AQSH bo'ylab Trump farmonini bloklash haqidagi qarorini tasdiqlagan edi. Shu oyda Nyu-Gempshir sudyasi ham ACLU da'vosini qondirib, farmonning yangi tug'ilgan chaqaloqlarga tatbiq etilishiga to'sqinlik qildi.

 

Oq uy usbu siyosat oxir-oqibat Oliy sud tomonidan qo'llab-quvvatlanishiga umid qilmoqda. Biroq masalani ko'rib chiqish uchun zarur bo'lgan to'rt sudya ovoz ta'minlanishi nomalumligicha qolmoqda.

 

Himoyachilar farmonni konstitutsiyaga zid deb hisoblashmoqda. ACLU vakili Kodi Vofsi uni "noqonuniy" deya atagan. Mazkur masalada 1898 yilda Oliy sudning Vong Kim Ark ishi bo'yicha chiqargan qarori pretsedent bo'lib xizmat qilmoqda. O'shanda sud AQSHda tug'ilgan xitoylik muhojirlarning farzandlariga fuqarolik huquqini tan olgan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Rossiya Ukrainaga 643 ta yirik raketa va uchuvchisiz samolyotlar bilan zarba berdi'ning rasmi

    Dunyo 28.09.2025 20:54

    Rossiya Ukrainaga 643 ta yirik raketa va uchuvchisiz samolyotlar bilan zarba berdi

    Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, 4 kishi halok bo'lgan, 14 kishi yaralangan.

    'BMTning Eronga qarshi sanksiyalari 10 yillik tanaffusdan keyin qayta tiklandi'ning rasmi

    Dunyo 28.09.2025 12:40

    BMTning Eronga qarshi sanksiyalari 10 yillik tanaffusdan keyin qayta tiklandi

    Rossiya va Xitoy tomonidan taklif qilingan Eronga qarshi sanksiyalarni qayta tiklashni olti oyga kechiktirish bo‘yicha rezolyutsiya BMT Xavfsizlik Kengashida qo‘llab-quvvatlanmagach, Eronga qarshi xalqaro sanksiyalar tiklandi.

    'Jahon qarzi rekord darajaga etdi'ning rasmi

    Dunyo 26.09.2025 21:46

    Jahon qarzi rekord darajaga etdi

    Global qarz yilning birinchi yarmida 21 trillion dollardan ko‘proqqa oshib, 337,7 trillion dollar bo‘lgan.

    'Rossiyada ayoliga so‘xta hujjat tayyorlagan o‘zbekistonlik erkak 18 oyga qamaldi'ning rasmi

    Dunyo 26.09.2025 21:35

    Rossiyada ayoliga so‘xta hujjat tayyorlagan o‘zbekistonlik erkak 18 oyga qamaldi

    Hujjatlar immigratsiya organlariga taqdim etilganda ekspertiza ularning qalbakiligini tasdiqlagan.

    ''ning rasmi

    Dunyo 26.09.2025 17:17

    'Ursula Gertruda fon der Layen Makron bilan maxfiy yozishmalarda ayblanmoqda'ning rasmi

    Dunyo 26.09.2025 15:56

    Ursula Gertruda fon der Layen Makron bilan maxfiy yozishmalarda ayblanmoqda

    Yevroparlament deputati Kinga Gal Yevrokomissiya rahbari va Frantsiya prezidenti oʻrtasidagi oʻchirib tashlangan xabarlar haqida maʼlum qildi.