Bugun, 29 sentyabr kuni Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida yirik yong‘in yuz berdi. Holat yuzasidan viloyat FVB rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, soat 09:43 da Dehqonobod tumani "O‘zbekiston" MFY "Yetimquduq" qishlog‘ida yer ustiga o‘rnatilgan dizel yoqilg‘i saqlash sig‘imida yong‘in ro‘y berganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
So‘ng 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 09:58 da hodisa joyiga etib borib, yong‘in soat 10:05 da o‘rab olingan va soat 10:30 da o‘chirilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov old surishtiruv ishlari olib borilmogda. Voqea joyiga viloyat FVB boshlig‘i va tuman FVB rahbar xodimlari IIB, SSB, prokuratura mas’ul xodimlari chiqishgan.