Unga ko'ra, AQSh dollarining rasmiy kursi 70,91 so'mga pasayib, 12 067,76 so'mni tashkil etdi.
Bu ko'rsatkich 2023 yil avgust oyidan beri qayd etilgan eng past qiymat hisoblanadi. So'nggi marta dollar kursi 12 100 so'mdan past bo'lgan holat 2023-yil 31 avgustda kuzatilgan — o'shanda 1 AQSh dollari 12 089,97 so'm bo'lgan.
Markaziy bank ma'lumotiga ko'ra, boshqa xorijiy valyutalar kursida ham biroz o'zgarishlar kuzatilgan. Yangi kurslar 29 sentyabrdan amalda.