Bugungi kunda butun dunyoda qariyb 733 million kishi ochlikdan azob chekmoqda. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti xabar berdi.
Bildirilishicha, har kuni bir milliarddan ortiq porsiya yaroqli oziq-ovqatlar tashlab yuboriladi, bu miqdordagi taomlar ochlikdan azob chekayotganlarni kuniga kamida bir marta to'ydirishga etadi.
Dunyo bo'yicha ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqatning 13,2 foizi hosil yig'im-terimidan chakana savdogacha etib borguncha yo'qoladi, yana 19 foizi yoki 1,05 milliard tonnasi esa uy xo'jaliklari, umumiy ovqatlanish muassasalari va chakana savdo tizimlarida isrof bo'ladi. Oziq-ovqatning yo'qotilishi va tashlab yuborilishi narxlarning oshishiga olib kelmoqda. Bundan tashqari, chiqindiga aylangan mahsulotlar poligonlarda issiqxona gazlarini chiqarib, iqlim o'zgarishini tezlashtirmoqda.
"Oziq-ovqat isrofi va yo'qotilishini kamaytirish orqali uch tomonlama foyda olish mumkin: oziq-ovqat xavfsizligi va ovqatlanishni yaxshilash, ishlab chiqaruvchilar, korxonalar va iste'molchilar uchun iqtisodiy foydani ta'minlash, shuningdek, atrof-muhit va iqlimga ta'sirni kamaytirish, bio-xilma-xillikni saqlash va ifloslanishni qisqartirish", — deyiladi xabarda.






