AsosiyJamiyat

Toshkentdagi kollejda nogiron yigit ayovsiz kaltaklandi

Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan kasb-hunar kollejlaridan birida 18 yoshli, 2-guruh nogironligi bo‘lgan yigit kaltaklandi.

'Toshkentdagi kollejda nogiron yigit ayovsiz kaltaklandi'ning rasmi

Jabralanuvchining onasi Darakchi.uz’ga murojaat qilib, farzandi og‘ir kaltaklanganini, ammo voqea yuzasidan hech kim aniq javob bermayotganini aytmoqda.

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘li qanday sharoitda yiqilib, shikastlanganigi haqida biror mulozim tushuntirish bermagan.

U holatni qonuniy tartibda o‘rganish va rasmiy javob berilishini so‘rayapti. Hozircha mas’ullardan izoh yo‘q.

    Boshqa yangiliklar