AsosiyDunyo

Xitoyda dunyodagi birinchi uchuvchi shamol elektromarkazi ishga tushirildi

Basketbol maydoniy kattaligiga teng va 13 qavatli bino balandligidagi geliy bilan to‘ldirilgan havo platformasi generatorlarni 1000 metr balandlikkacha ko‘tarilgan.

'Xitoyda dunyodagi birinchi uchuvchi shamol elektromarkazi ishga tushirildi'ning rasmi

Xitoy dunyoda birinchi bo‘lib S1500 nomli 1 MVt quvvatga ega uchuvchi shamol elektrostansiyasini ishga tushirdi. Bu haqda “South China Morning Post” xabar berdi.

Bildirilishicha, Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyatida Saw Energy Technology startapi ishlab chiqqan eng qudratli uchuvchi shamol turbinasi muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgan. Basketbol maydoni kattaligiga teng va 13 qavatli bino balandligidagi geliy bilan to‘ldirilgan havo platformasi generatorlarni 1000 metr balandlikkacha ko‘tarilgan.

Sinov parvozlari joriy yilning 19-21 sentyabr kunlari o‘tkazilib, “yashil” texnologiyalar bo‘yicha Xitoyning yetakchiligini yana bir bor namoyon qilgan. Turbina birinchi marta tarixda 1 MVt elektr energiyasi ishlab chiqqan va barcha rejalashtirilgan vazifalarni bajorgan. Ommaviy ishlab chiqarish 2026 yilda boshlanib, ilk qurilmalar elektr tarmog‘iga ulanadi.

S1500 sinovlari cho‘l sharoitida o‘tkazilib, konstruksiyani yig‘ish, bosimni tekshirish, kuchli shamollarda kun-tun ishlash va favqulodda vaziyatda yig‘ib qo‘yish jarayonlarini o‘z ichiga olgan. Qurilma, ayniqsa, tabiiy ofatlar vaqtida elektr ta’minotida uzilishlar bo‘lganda va uzoq hududlarni energiya bilan ta’minlashda muhim yordamchi bo‘lishi kutilmoqda. Hozircha ishlab chiqarilayotgan energiyaning tannarxi yuqori, biroq ommaviy ishlab chiqarish natijasida narx kilovatt-soatiga 10 sentgacha tushishi mumkin.

An’anaviy shamol turbinalaridan farqli ravishda, S1500 baland minoralarga muhtoj emas. U geliyli havo qobig‘i yordamida generatorlarni 1500 metr va undan yuqoriga ko‘taradi.

    Boshqa yangiliklar