AsosiyDunyo

YouTube Trumpni bloklagani uchun 24,5 million dollar to‘laydi

Kelishuv shartlariga ko‘ra, summaning 22 million dollari Oq uy atrofidagi bog‘ va zal qurilishiga mas’ul bo‘lgan Trust for the National Mall tashkilotiga yo‘naltiriladi.

'YouTube Trumpni bloklagani uchun 24,5 million dollar to‘laydi'ning rasmi

YouTube videoxostingi 2021 yilda AQSh Prezidenti Donald Trumpning hisobini vaqtincha bloklash bilan bog‘liq sud da’vosini hal qilish uchun 24,5 million dollar to‘lashga rozi bo‘ldi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, berilgan summaning 22 million dollar Oq uyda bal zali qurilishiga qolgani esa yozuvchi Naomi Vulf va Amerika konservativ ittifoqi kabi ish bo‘yicha boshqa da’vogarlar o‘rtasida taqsimlanadi.

Shuningdek, YouTube’ga egalik qiluvchi Alphabet kompaniyasi Donald Trump bilan sud mojarosini hal qilgan uchinchi yirik texnologik kompaniya bo‘ldi. Joriy yilning yanvarida Meta Platforms Amerika Prezidentining Facebook’dagi hisobini vaqtincha bloklab qo‘yish bilan bog‘liq da’voni hal qilish uchun 25 million dollar to‘lashga rozi bo‘lgan. X kompaniyasi esa Oq uy rahbarining Twitter’ga qarshi qilgan da’vosini 10 million dollar evaziga hal qilishga rozi bo‘lgan.

Qayd etish joiz, Donald Trumpning Facebook, Instagram, YouTube va Twitter’dagi hisoblari 2021 yil 6 yanvarda uning tarafdorlari prezidentlik saylovlari natijalaridan norozi bo‘lib, Kapitoliy binosiga bostirib kirgach bloklangan edi. Ijtimoiy tarmoqlar rahbariyati uning xabarlari bu aksiyaga yon bosgan deb hisoblagan. 

    Boshqa yangiliklar