Slovakiya Prezidenti Peter Pellegrini mamlakat konstitutsiyasida faqat ikki jins – erkak va ayolni tan olishni mustahkamlovchi tuzatishlarni imzoladi. Bu haqda u o‘zining Facebook sahifasida ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu tuzatishlarni 150 deputatdan 90 nafari qo‘llab-quvvatlagan. Shu tariqa hujjat prezident imzosiga yuborilgan.
“Bugun men konstitutsiyaga kiritilgan va 90 deputat ovoz bilan qabul qilingan tuzatishlarni imzoladim”, — deydi davlat rahbari.
Ma’lumot uchun, joriy yilning yanvar oyida Slovakiya Bosh vaziri Robert Fiso mamlakat konstitutsiyasida faqat ikki jins – erkak va ayolni tan olish haqidagi qoidani mustahkamlash rejalari haqida gapirgandi. Unga ko‘ra, hech kim o‘zini “vertolyot, mushuk yoki it” deb e’lon qilmasligi kerak.






