AsosiyBu qiziq

Oktyabrning ilk kunida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi

Respublikaning ayrim hududlarida harorat 27 daraja issiq bo'ladi.

'Oktyabrning ilk kunida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi'ning rasmi

"O'zgidromet" ertaga, 1 oktyabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma'lumotlarini e'lon qildi.

Unga ko'ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo'ladi, vaqti-vaqti bilan yomg'ir yog'adi. Sharqiy shamol yo'nalishini o'zgartirib, g'arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to'zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-15 daraja, kunduzi 18-20 daraja bo'ladi.

Qoraqalpog'iston Respublikasida havo biroz bulutli bo'ladi, kechasi va ertalab ba'zi joylarda biroz yomg'ir yog'adi. Sharqiy shamol yo'nalishini o'zgartirib, g'arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to'zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 6-11 daraja, kunduzi 13-18 daraja bo'ladi.

Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba'zi joylarda o'zgaruvchan bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo'nalishini o'zgartirib, g'arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to'zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 17-22 daraja bo'ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli, ba'zi joylarda o'zgaruvchan bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi, faqat Navoiy viloyatining shimolida kechasi va ertalab ba'zi joylarda biroz yomg'ir yog'adi. Sharqiy shamol yo'nalishini o'zgartirib, g'arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to'zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo'ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatida havo biroz bulutli bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida ba'zi joylarda yomg'ir yog'adi. Sharqiy shamol yo'nalishini o'zgartirib, g'arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to'zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 18-23 daraja bo'ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli, ba'zi joylarda o'zgaruvchan bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 28-33 daraja bo'ladi.

Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatida havo biroz bulutli, ba'zi joylarda o'zgaruvchan bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 22-27 daraja bo'ladi.

Respublikaning tog'li hududlarida havo biroz bulutli bo'ladi, vaqti-vaqti bilan yomg'ir yog'adi. Sharqiy shamol yo'nalishini o'zgartirib, g'arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 10-15 daraja bo'ladi.

    Boshqa yangiliklar