Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, Mirobod tuman sudida faoliyat yuritgan 44 yoshli Rahimov Jinoyat kodeksining 219- va 267-moddalari bo‘yicha aybli deb topildi.
U mast holatda transport vositasini olib qochgan va hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatgan. Sud qaroriga ko‘ra, unga 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
U o‘tgan yili navbatdagi 10 yillik muddatga sudya etib tayinlangan edi. Sud qarori ustidan apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat qilish mumkinligi bildirildi.