AQShning NASA agentligi Oy yuzasida barqaror yashash uchun zarur bo‘lgan infratuzilmaga ega qishloq qurish niyatida.
Agentlik rahbari Sean Duffining aytishicha, loyiha doirasida atom energetikasi joriy etiladi, kosmonavtlar muntazam ravishda joylashtiriladi va qurilishda Oy materiallaridan foydalaniladi.
NASA shuningdek, 2026 yilda “Artemida II” missiyasini ishga tushirib, 50 yildan keyin ilk bor to‘rt nafar astronavtni Oyga yuborishni rejalashtirmoqda.






