AsosiyDunyo

AQSh hukumat faoliyatini vaqtincha toʻxtatdi

Byudjet mojarosi sabab yuz minglab xodimlar ishsiz qolishi mumkin.

'AQSh hukumat faoliyatini vaqtincha toʻxtatdi'ning rasmi

AQSh hukumati 1 oktabrgacha o'tar kechasi rasman faoliyatini to'xtatdi. Sabab — prezident Donald Trump va Kongress o'rtasidagi budjet kelishmovchiligi. Bu so'nggi olti yil ichidagi ilk shunday holat bo'ldi.

CNN xabariga ko'ra, demokratlar sog'liqni saqlash tizimiga qo'shimcha mablag' ajratilishini talab qilgan, respublikachilar esa budjetni vaqtincha noyabrgacha uzaytirishni taklif qilgan. Muzokaralar natijasiz yakunlanganidan so'ng, federal hukumatning ayrim idoralari ishini to'xtatdi.

Trump demokratlarni ayblab, bu holat minglab davlat xizmatchilarining ishdan bo'shashiga olib kelishini ta'kidladi. Ma'lumotlarga ko'ra, 750 minggacha xodim vaqtincha ishsiz qolishi mumkin. Harbiylar, pochtа va ijtimoiy dasturlar esa odatdagidek faoliyat yuritmoqda.

So'nggi 50 yil ichida AQSh hukumati 21 marta shunday moliyaviy boshli berk ko'chaga kirgan. Eng uzoq tanaffus 2018 yilda bo'lgan bo'lib, 35 kun davom etgan.

    Boshqa yangiliklar