2024-2025 o‘quv yili boshida umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar soni 564,9 ming nafarni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Bildirilishicha, 2015-2016 o‘quv yili bilan taqqoslaganda ularning soni 43,4 foizga oshgan. O‘qituvchilarning 71 foizi yoki 401,3 ming nafarini ayollar, 29 foizi 163,6 ming nafarini erkaklar tashkil etgan.
Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar soni 2021-2022 o‘quv yili boshiga – 510 ming nafar, 2022-2023 o‘quv yili boshiga – 521,6 ming nafar, 2023-2024 o‘quv yili boshiga – 547,8 ming nafar, 2024-2025 o‘quv yili boshiga – 564,9 ming nafarni tashkil etgan.