AsosiyDunyo

Putin va Zelenskiy o'rtasida yuzma-yuz uchrashuv bo'lishi kerak— Trump

AQSh prezidenti Donald Trump Ukrainadagi urushni tugatish uchun ikki davlat rahbarlari uchrashishi kerak degan fikridan qaytmagan.

'Putin va Zelenskiy o'rtasida yuzma-yuz uchrashuv bo'lishi kerak— Trump'ning rasmi

AQSh prezidenti Donald Trump Ukraynadagi urushni tugatish uchun Vladimir Zelenskiy va Vladimir Putin uchrashishi kerak, degan fikridan qaytmagan. Trump Ukraina va Rossiya yetakchilari birgalikda tinchlik uchun kurashishi lozim deb hisoblaydi.

Amerika yetakchisining fikricha, urushni tugatishga kuchli pozitsiyada turibgina erishish mumkin. U Rossiya qirg'oqlariga bitta yoki ikkita suvosti kemasi joylashtirishni buyurganini ta'kidlab, AQShning yadro arsenali modernizatsiya qilinganini eslatdi. Trump yana bir bor Rossiyani "qog'oz yo'lbars" deb atadi va Putindan ko'ngli qolganini qo'shimcha qildi. Sababi, Qo'shma Shtatlar rahbari Ukraynadagi urush tezda tugashiga umid qilgan.

Trump ma'muriyatining harakatlariga qaramay, G'azoda ham, Ukraineda ham tinchlikka erishish qiyin bo'layotganini tan oldi. Shuningdek, u HAMAS AQSh tomonidan taklif etilgan kelishuvni qabul qilishi lozimligini aytdi.

"HAMAS tinchlik kelishuviga rozi bo'lishi shart. Agar ular kelishuvni qabul qilmasa, juda qiyin bo'ladi", — degan Trump.

Donald Trump va mudofaa vaziri Pit Hegset armiya generallariga urushga tayyor turishi kerakligini ta'kidladi. Bundan tashqari, Amerika prezidenti Tinchlik uchun Nobel mukofotiga loiq ekanini qayd etdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 19:35

    'Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 17:09

    Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi

    Tadqiqotchilar organizmda qarigan hujayralarni aniklab, yo‘q qilishga yordam beradigan CD4-Eomes Hujayrasini kashf qildi.

    'Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 14:31

    Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi

    Ukraina prezidenti V. Zelenskiy AQSh armiyasi vakili bilan uchrashuvda urushni yakunlash bo‘yicha rejani tezroq imzolashga kelishib oldi.

    'Kim Chen In Kangvondagi yangi GESni ishga tushirdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:35

    Kim Chen In Kangvondagi yangi GESni ishga tushirdi

    Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Kanvon provinsiyasida barpo etilgan "Armiya va xalq" nomli yangi gidroelektr stansiyasining ochilish marosimida ishtirok etdi.

    'Trump "qora shahzoda"dan yana 1,5 trln dollar soʻradi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:33

    Trump "qora shahzoda"dan yana 1,5 trln dollar soʻradi

    AQSh prezidenti Saudiya investitsiyalarini keskin oshirish taklifini bildirdi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 20.11.2025 19:30