Qashqadaryoda YPX xodimlarining to‘xtash ishorasiga bo‘yunsunmay, qochib ketgan haydovchi “avariya” sodir qildi. Bu haqda Qashqadaryo IIB YXHX matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Qarshi shahrida Lacetti rusumli avtomashina haydovchisi inspektorlar to‘xtash ishorasi berganiga qaramay harakatni davom ettirgan, natijada boshqa avtomashina bilan to‘qnashgan.
Shuningdek, haydovchining avtomobilni boshqarish huquqi mavjud emasligi va mashinaning old yon oynalari tusi ruxsatnomasiz o‘zgartirilgani aniqlangan. Ushbu avtomobilga MIB tomonidan 23 ta jarima sababli 10 mart qidiruvga berilgan bo‘lgan.
Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, avtomashina jarima maydonchasiga joylashtirilgan.