AsosiyDunyo

Putin chet el aktivlarini milliylashtirishni buyurdi

Rossiya prezidenti YeI muzlatilgan mablag‘larni Ukraina foydasiga ishlatsa, mamlakatdagi xorijiy kompaniylar mulki musodara qilinishini ma’lum qildi.

'Putin chet el aktivlarini milliylashtirishni buyurdi'ning rasmi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yevropa Ittifoqi Rossiyaning muzlatilgan mablag‘larini Ukraina foydasiga ishlatsa, mamlakat hududida qolayotgan xorijiy aktivlarni milliyalashtirish to‘g‘risida farmon imzoladi.

Bu qaror Yevropa Ittifoqida Rossiya Markaziy banki mablag‘laridan Ukrainani moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun foydalanish masalasi muhokama qilinayotgan fonida qabul qilingan.

Manbaga ko‘ra, gap Rossiyada hanuz faoliyat yuritayotgan yirik xorijiy kompaniyalar — UniCredit, Raiffeisen Bank International, PepsiCo va Mondelez International aktivlarini tezkor tarzda sotib olish yoki musodara qilish haqida bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, sentabr oxirida YI rahbarlari Ukraina uchun muzlatilgan Rossiya rezervlari hisobidan 140 mlrd evro miqdorida kredit ajratish rejasi ustida kelishib olgandi. Moskva esa bu tashabbusni “o‘g‘rilik” deb atagan.

    Boshqa yangiliklar