HAMAS harakati AQSh prezidenti Donald Trump taklif etgan G‘azo bo‘yicha tinchlik rejasiga munosabat bildirib, uning bir qator bandlarini qayta ko‘rib chiqishni talab qilmoqda. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.
HAMAS vakillariga ko‘ra, ular asosiy shart sifatida harakat a’zolarining majburiy qurolsizlantirilishini to‘xtatish, Isroil qo‘shinlarining hududdan to‘liq olib chiqilishiga xalqaro kafolat berish va falastinliklar xavfsizligini ta’minlashni talab qilmoqda.
Guruh ichida turli qarashlar mavjud: ayrim rahbarlar otashkeshni bosh shart deb bilib, rejani ma’qullashga moyil bo‘lgan, boshqa qanot esa G‘azo ustidan nazoratni “qonuniylashtirish” va “qarshilik harakatini jinoyat sifatida ko‘rsatish”ga qarshi chiqmoqda.
30-sentabr kuni HAMAS vakillari Dohada Turkiya, Qatar va Misr rasmiylari bilan muzokara o‘tkazgan. Yakuniy qaror 2−3 kun ichida qabul qilinishi kutilmogda.
Eslatib o‘tamiz, 29 sentyabr kuni Trump va Isroil Bosh vaziri Netanyaxu Oq uyda uchrashib, G‘azo bo‘yicha 21 banddan iborat tinchlik rejasini e’lon qilgan edi.