AsosiyDunyo

Qozogʻiston prezidenti Telegram asoschisi bilan uchrashdi

Xalqaro forum doirasida o‘tkazilgan uchrashuvda ta’lim, sun’iy intellekt hamda kiberxavfsizlik sohalarida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

'Qozogʻiston prezidenti Telegram asoschisi bilan uchrashdi'ning rasmi

Bugun, 2 oktyabr kuni Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Digital Bridge 2025 xalqaro forumi doirasida Telegram asoschisi Pavel Durov bilan suhbat o‘tkazdi. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, suhbatda ta’lim, sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik sohalarida hamkorlik masalalari muhokama qilingan. Prezident Telegram Qozog‘istonda raqamli kun tartibini rivojlantirishga ko‘rsatgan yordami uchun yuqori baholagan. 

Xususan, kompaniya rasmiy ravishda Astana Hub rezidenti bo‘lgan, Qozog‘istonda ofis ochgan va AIem.Ai markazida sun’iy intellekt laboratoriyalarini ishga tushirgan. Pavel Durov Qosim-Jomart To‘qayevga sun’iy intellekt sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari haqida so‘zlab bergan.

    Boshqa yangiliklar