ChatGPT yaratuvchisi bo‘lgan OpenAI dunyodagi eng qimmat xususiy kompaniyaga aylandi. Unging qiy 500 milliard dollarga baholanmoqda. Bu haqda Bloomberg va Reuters agentliklari xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, 2025 yil iyul oyi holatiga ko‘ra, ChatGPT taxminan 700 million haftalik faol foydalanuvchiga ega. Platformada haftada 18 milliard xabar almashilgan.
Kompaniya xodimlari investorlarga taxminan 6,6 milliard dollarlik aksiyalarni sotgan. Dastlab aksiyalarni taxminan 10,3 milliard dollarga sotishga ruxsat bergan, biroq ko‘pchilik biznesning istiqboliga ishonch bildirgan holda bunday qilmashlikka qaror qilgan.
Aksiyalarni sotish natijasida kompaniyaning qiy Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi qiy oshib ketdi. SpaceX taxminan 400 milliard dollarga baholangan bo‘lib, hozir u ro‘yxatda ikkinchi o‘rinda turadi. Uchinchi o‘rinda esa Tik Tok egasi o‘rin olgan.
Ilon Mask kompaniyani 97,5 mlrd dollarga sotib olmoqchi bo‘lgan. Biznesmen 2015 yilda kompaniya asoschilari qatorida bo‘lgan. U 2018 yilda kelishmovchiliklar tufayli kompaniya direktorlar kengashini tark etgan. Milliarder 2024 yilda OpenAIga qarshi da'vo qo‘zg‘atgan. U kompaniyaning tijorat bo‘linmasini tashkil etishi va Microsoft bilan hamkorlik qilishi dastlabki maqsadiga zid ekanini ta'kidlagan.
Dekabr oyida OpenAI hujjat e'lon qilib, unda Maskning o‘zi kompaniyani tijorat tashkilotiga aylantirishni qo‘llab-quvvatlaganini ochiqlagan. Biroq Mask kompaniya ustidan nazoratni qo‘lga kirit& olmagan& sababli bu g‘oyadan voz kechgan.
Bloomberg ta'kidlashicha, OpenAI qiymatining oshishi sun'iy intellekt sohasidagi texnologiya yetakchilari atrofidagi “investitsion qiziqish”ni ko‘rsatadi.