O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan qaror loyihasiga binoan, 2026 yil 1 yanvardan boshlab ishlab chiqarilganiga 50 yil va undan ortiq bo‘lgan avtomototransport vositalaridan foydalanish taqiqlanishi mumkin.
Bunday avtomobillar davlat ro‘yxatidan chiqariladi va ularni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin bo‘lmaydi. Mazkur taqiq "antikvar" toifasiga kiruvchi mashinalarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Bundan tashqari, bolalar va yoshlar orasida yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishni targ‘ib etish maqsadida "Yashil chiroq" nomli uch bosqichli musobaqa o‘tkazilishi belgilangan.
Tanlov g‘oliblari "Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda" jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mukofotlanadi.