AsosiyDunyo

Yaponiyada aholiga telefondan 2 soatdan ortiq foydalanmaslik tavsiya qilindi

Toyota shahrida kuchga kirgan yangi qoida fuqarolarning uyqu sifati va oilaviy munosabatlarini yaxshilashni maqsad qiladi.

'Yaponiyada aholiga telefondan 2 soatdan ortiq foydalanmaslik tavsiya qilindi'ning rasmi

Yaponiyaning Aichi prefekturasiqa qarashli Toyoake shahrida mahalliy hokimiyat aholiga kunlik shaxsiy smartfondan foydalanish vaqtini 2 soat bilan cheklashni tavsiya etdi.

"South China Morning Post"ning yozishicha, bu qoida 2025-yil 1-oktyabrdan kuchga kirgan bo‘lib, majburiy emas, balki tavsiyaviy fe'l-atvorga ega.

Hujjatda ayniqsa bolalar va o‘smirlar uchun vaqt cheklovlariga urg‘u berilgan: boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga soat 21:00 dan keyin, yuqori sinflarga esa 22:00 dan keyin telefondan foydalanmaslik tavsiya etiladi.

Shahar meri Masafumi Koki bu tashabbus aholini nazorat qilish emas, balki sog‘lom va foydali odatlarni shakllantirishga qaratilganligini ta'kidladi. Unga ko‘ra, ushbu tavsiya fuqarolarning uyqu sifatini oshirish va oilaviy aloqalarni mustahkamlashda yordam beradi.

Toyoake kengashi tomonidan 22-sentyabrda tasdiqlangan bu qaror Yaponiya tarixida aholiga umumiy ekran vaqti bo‘yicha berilgan birinchi rasmiy tavsiya hisoblanadi. Shu bilan birga, fuqarolarning turmush tarziga hurmat bilan yondashish va ushbu siyosat bo‘yicha fikr-mulohazalarni tahlii qilish va'da qilingan.

Ma'lumot o‘rnida, 2024-yilida Yaponiyada odamlar o‘rtacha kuniga 1 soat 47 daqiqa telefondan foydalangan — bu dunyo bo‘yicha eng past ko‘rsatkichlardan biridir.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 19:35

    'Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 17:09

    Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi

    Tadqiqotchilar organizmda qarigan hujayralarni aniklab, yo‘q qilishga yordam beradigan CD4-Eomes Hujayrasini kashf qildi.

    'Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 14:31

    Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi

    Ukraina prezidenti V. Zelenskiy AQSh armiyasi vakili bilan uchrashuvda urushni yakunlash bo‘yicha rejani tezroq imzolashga kelishib oldi.

    'Kim Chen In Kangvondagi yangi GESni ishga tushirdi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 10:35

    Kim Chen In Kangvondagi yangi GESni ishga tushirdi

    Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Kanvon provinsiyasida barpo etilgan "Armiya va xalq" nomli yangi gidroelektr stansiyasining ochilish marosimida ishtirok etdi.

    'Trump "qora shahzoda"dan yana 1,5 trln dollar soʻradi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 09:33

    Trump "qora shahzoda"dan yana 1,5 trln dollar soʻradi

    AQSh prezidenti Saudiya investitsiyalarini keskin oshirish taklifini bildirdi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 20.11.2025 19:30