AsosiyDunyo

Britaniyada ikki smenada ishlagan farrosh ishdan bo‘shatildi

11 soatlik minimal dam olish talabini buzgan va bu qonunbuzarlik sog‘lik va xavfsizlikka tahdid deb baholandi.

'Britaniyada ikki smenada ishlagan farrosh ishdan bo‘shatildi'ning rasmi

Buyuk Britaniyada farrosh sifatida faoliyat yuritgan Ogunmodede ismli erkak ish o‘rinlari o‘rtasidagi minimal 11 soatlik dam olish vaqtiga rioya qilmaganlikda ayblanib, ishdan bo‘shatildi. Bu haqda Zamon.uz nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, u 2008 yildan 2024 yilgacha ikki xil ish joyida bir vaqtda ishlagan va dam olish vaqtlarini birlashtirib, doimiy ravishda ortiqcha ish bajargan.

Bu holat Britaniya parlamentida muhokama qilinganidan so‘ng uning mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Ogunmodede esa o‘zini yaxshi his qilganini va dam olish kunlari yetarli darajada hordiq olganini bildirgan. Shunga qaramay, u ishdan bo‘shatilib, keyinchalik ish beruvchisini sudga bergan.

Suddda u o‘ziga nisbatan adolatsizlik bo‘lganini va ish haqi noqonuniy ushlab qolinganini ta’kidlagan.

Sud esa uning barcha da’volarini rad etdi. Sudya Ogunmodedening bunday harakati qonunga zid ekanligini, bu esa nafaqat uning sog‘lig‘i va xavfsizligiga, balki jamiyat manfaalariga ham tahdid solishini ta’kidlagan.

Shuningdek, u ikkinchi ish joyi haqida ish beruvchiga to‘liq axborot bermaganligi uchun ham aybdor deb topilgan.

    Boshqa yangiliklar