AsosiyDunyo

Trump va Epsteynning haykali yana Kapitoliy yaqiniga o‘rnatildi

"Best Friends Forever" nomli haykal ruxsatnoma olgach, Vashingtondagi Milliy Mall hududiga qayta tiklandi.

'Trump va Epsteynning haykali yana Kapitoliy yaqiniga o‘rnatildi'ning rasmi

AQShda sobiq prezident Donald Trump va jinsiy zo‘ravonlikda ayblangan va keyinroq vafot etgan milliarder Jeffri Epsteinni qo‘l ushlashgan holida tasvirlovchi haykal Vashingtondagi Milliy Mall hududida ikkinchi bor o‘rnatildi.

Haykal "Best Friends Forever" (Abadiy eng yaqin do‘stlar) deb nomlangan bo‘lib, uni nomalu rassom yaratgan. U ilk bor 2025 yil 24 sentyabrda ruxsatsiz tarzda o‘rnatilgan va tez orada olib tashlangan edi. Keyincha zarur huquqiy ruxsatnomalar olingach, haykal 2 oktyabr kuni yana o‘z joyiga tiklandi.

Bu haykal ijtimoiy tarmoqlarda va AQSh omma axborot vositalarida katta munozaralarga sabab bo‘lmqda. Ko‘plab sharhlovchilar bu ishni siyosiy aks-sado beruvchi san'at namunasi deb baholamoqda, ayrimlar esa bu orqali sobiq prezident obro‘siga putur yetkazilayotganini ta'kidlamoqda.

Haykal ruxsat asosida o‘rnatilgan bo‘lsa-da, uning qancha vaqtgacha turishi nomalum. Rasmiy idoralar va jamoatchilik bu holatni diqqat bilan kuzatmoqda.

    Boshqa yangiliklar