Marokashda yoshlar korrupsiyaga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Sentabr oyining oxirida GenZ 212 yoshlar harakati tomonidan uyushtirilgan namoyishlar mamlakatning bir qancha yirik shaharlarida — jumladan Rabat, Kasablanka, Marakesh va Agadirda bo‘lib o‘tdi. Namoyishchilar korrupsiya, 2030 yilgi jahon chempionatiga tayyorgarlik xarajatlari hamda ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida islohotlar talab qilmoqda. Bu haqda "Zamon.uz" xabar berdi.
Namoyishlarning boshidan boshlab hibsga olishlar qayd etilgan. Kasablankada avtomagistral to‘silganidan keyin 21 kishi, Berkanda 50 ga yaqin, Rabotda esa 100 dan ortiq namoyishchi hibsga olingan. Shuningdek, ba’zi shaharlar keskinlashgan, namoyishchilar, xavfsizlik kuchlari va politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘lgan, shahar mulki zarar ko‘rgan.
GenZ 212 harakati 1990 yillarning oxiri va 2010 yillarning boshida tug‘ilgan avlodni ifodalaydi. Harakat vakillari zo‘ravonlik qilmaslik tarafdori ekanligini bildirgan bo‘lsada, namoyishlarda yuz bergan voqealdan afsusda ekanligini ma’lum qilgan.
Marokash Ichki ishlar vazirligi ruxsatsiz norozilik namoyishlari sababli qat’iy choralar ko‘rilganini bildirgan. Hibsga olinganlar soni 409 nafarni tashkil etib, ulardan 193 nafariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Shuningdek, 263 huquq-tartibot xodimi va 23 nafar tinch aholi vakillari jarohatlangan.
Hukumat jahon chempionati xarajatlarini ijtimoiy xarajatlardan ustun deb biladi va namoyishchilar talablarini muhokama qilishga tayyorligini bildirdi. Bu mitinglar “Zomer isyonlari” global tendensiyasining bir qismi bo‘lib, yoshlar boshqa davlatlarda ham korrupsiyaga qarshi chora ko‘rishni talab qilmoqda.