AsosiyDunyo

Hindiston hukumat yo'talga qarshi siroplarni taqiqladi

Mamlakatdagı 14 nafar bolanıng noma'lum sababdan vafot etgani sabab qilib ko‘rsatilgan.

'Hindiston hukumat yo'talga qarshi siroplarni taqiqladi'ning rasmi

Hindistonda yo‘talga qarshi siroplar taqiqlandi. Bunga mamlakating ayrim hududlarida so‘nggi bir oy ichida 14 nafar bolaning noma’lum sababdan vafot etgani sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

Qurbonlar Maharashtra shtatidagi Nagpur va Madhya Pradeshdagi Chhindvara shaharlarida qayd etilgan, ularning aksari qishloqlarda yashagan. Bolalarda dastlab yengil shamollash alomatlari, xususan, isitma va yo‘tal kuzatilgan. Lekin ularning ahvoli birdaniga og‘irlashib, ayrimlari kasalxonaga yotqizilgandan keyin 24 soat ichida hushini yo‘qotgan. Qurbonlarning ko‘pchiligida buyrak yetishmovchiligi aniqlandi, sun’iy nafas oldirish va gemodializga muhtoj bo‘lib qolgan. Ammo bu chora-tadbirlar ularni saqlab qolishga yetarli bo‘lmagan.

Chhindvaraning Parasiya shahrida 3–10 yosh oralig‘idagi 6 nafar bola shu tarzda vafot etgan. Doktor Naresh Gunnedaga ko‘ra, bolalardan tahlil namunalari olinib, tekshiruvga yuborilgan, natijalar hali e’lon qilinmagan.

Shundan so‘ng, rasmiylar vafot etgan bolalarning uylaridan topilgan ba’zi dori vositalarini, xususan yo‘tal siroplarini vaqtincha sotishni va ulardan foydalanishni taqiqlagan. Doktor Gunmade bu holat yuqumli kasallik emas, balki zaharlanish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.

Boshqa bir taxminga ko‘ra, ayrim o‘lim holatlari kamqov Chandipura virusi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bu virus miya yallig‘lanishini (entsefalit) keltirib chiqaradi va hozircha unga qarshi vaktsina mavjud emas. Shunga o‘xshash yana bir virus – Yapon entsefaliti esa vaktsinatsiya orqali oldini olish mumkin.

Ekspertlarning aytishicha, bu kabi holatlarda bemorda isitma, tutqanoq, ong chalkashishi, hatto falaj yoki koma holati kuzatiladi. O‘lim holatlari 20-30 foizgacha yetishi mumkin. Ta’kidlanishicha, bu safargi holatlar ba’zilarida entsefalit (virusli yallig‘lanish) emas, balki entsefalopatiya (zaharlanish yoki atrof-muhit ta’siri oqibati) sifatida qayd etilgan.

Markaziy hukumat vaziyatni o‘rganish uchun Virusologiya milliy instituti va Kasalliklarni nazorat qilish milliy markazi mutaxassislarini Nagpur va Chhindvara shaharlariga yuborgan.

Ayni paytda Rajasthan shtatida ham ikki nafar bolaning o‘limi bo‘yicha alohida tekshiruv ishi boshlandi. Ular hukumat klinikasidan olingan yo‘tal siropini ichish oqibatida so‘ng vafot etgan. Yana 8 nafar bolaning ahvoli ham og‘irlashgan, biroq ular tuzalib ketgan.

Rasmiylarga ko‘ra, bu sirop davlat sog‘liqni saqlash muassasalari orqali tarqatilgan. Hozirda siropning 22 ta partiyasi taqiqlangan. Bir shifokor dori xavfsizligini isbotlash maqsadida uni o‘zi ichgan va hushini yo‘qotgan.

Rajasthandagi Bayana tuman sog‘liqni saqlash markazi rahbari doktor Tarachand Yogi siropni ichib, 8 soatga hushidan ketgan. Birinchi o‘lim holati Sivar tumanda 5 yoshli bolada qayd etilgan. U sirop ichganidan so‘ng ahvoli yomonlashgan va ertasi kuni vafot etgan.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 19:35

    'Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 17:09

    Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi

    Tadqiqotchilar organizmda qarigan hujayralarni aniklab, yo‘q qilishga yordam beradigan CD4-Eomes Hujayrasini kashf qildi.

    'Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 14:31

    Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi

    Ukraina prezidenti V. Zelenskiy AQSh armiyasi vakili bilan uchrashuvda urushni yakunlash bo‘yicha rejani tezroq imzolashga kelishib oldi.

    'Kim Chen In Kangvondagi yangi GESni ishga tushirdi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 10:35

    Kim Chen In Kangvondagi yangi GESni ishga tushirdi

    Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Kanvon provinsiyasida barpo etilgan "Armiya va xalq" nomli yangi gidroelektr stansiyasining ochilish marosimida ishtirok etdi.

    'Trump "qora shahzoda"dan yana 1,5 trln dollar soʻradi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 09:33

    Trump "qora shahzoda"dan yana 1,5 trln dollar soʻradi

    AQSh prezidenti Saudiya investitsiyalarini keskin oshirish taklifini bildirdi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 20.11.2025 19:30