AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi

Prezidentlar telefon orqali muloqot qilishdi.

'Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonni tavallud kuni bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sog‘lik va baxt-saodat, birodar Tojikiston xalqiga farovonlik va bardavom rivoq tiladi.

Davlatimiz rahbari Tojikiston Prezidentining mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, barqaror taraqqiyotini ta’minlash va xalqaro nufuzini oshirishdagI o‘rniini qayd etib, O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasida do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan shaxsiy hissasini alohida ta’kidladi.

Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida ko‘p qirrali sheriklikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport, energetika, qishloq xo‘jaligi, turizm, madaniy-gumanitar almashinuv kabi ustuvor yo‘nalishlarni qamrab olgan amaliy hamkorlikning yangi kun tartibini shakllantirish bo‘yicha birgalikdagi ishlarni davom ettirishga alohida e’tibor qaratildi.

Mamlakatlarimizda o‘tkazilishi rejalashtirilgan oliy darajadagi ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasi va kun tartibi ham muhokama qilindi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Siyosat 02.10.2025 14:45

    'Sardor Umurzogov Iordaniya Podshohi bilan uchrashdi'ning rasmi

    Siyosat 01.10.2025 13:57

    Sardor Umurzogov Iordaniya Podshohi bilan uchrashdi

    Uchrashuvda Gʻazo va Quddusdagʻi vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi.

    'Tuman va shahar hokimlari o‘rinbosarlari soni qisqarishi mumkin'ning rasmi

    Siyosat 01.10.2025 09:40

    Tuman va shahar hokimlari o‘rinbosarlari soni qisqarishi mumkin

    Prezident farmoni loyihasida hokimliklar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha yangi tartib nazarda tutilmoqda.

    ''ning rasmi

    Siyosat 30.09.2025 19:43

    'Prezident Ismoil Jo‘rabekov vafoti munosabati bilan marhumning oila aʼzolariga hamdardlik bildirdi.'ning rasmi

    Siyosat 29.09.2025 17:55

    Prezident Ismoil Jo‘rabekov vafoti munosabati bilan marhumning oila aʼzolariga hamdardlik bildirdi.

    Jamoat arbobi, O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirining maslahatchisi 94 yoshida vafot etdi.