Turkiyaning eng ko‘p aholiga ega Istanbul shahrini ta’minlovchi suv omborlaridagi suv yog‘ingarchilik bo‘lmasa, 75 kunga etadi, deya hisob-kitoblarga asoslanib xabar berdi RIA Novosti.
Istanbul suv va kanalizatsiya boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda suv omborlari 27,8 foizga to‘lgan (868 million kub metrdan 241,3 million). Bu oxirgi o‘n yildagi eng yomon ko‘rsatkich, 2023 yilni hisobga olmagan holda, xuddi shu sanaga kelib suv omborlari 16 foizga to‘lgan.
Aprel oyidan beri zaxiralar 80 foizdan doimiy ravishda pasayib bormoqda. Shaharni suv bilan ta’minlovchi o‘nta suv omboridan hozirda faqat bittasi chorakdan ko‘proq, to‘rttasi esa ikki foizdan kam to‘lgan.
Hukumat 16 million aholisi bo‘lgan shahar har kuni taxminan 3,18 million kub metr suv iste’mol qilishini ta’kidlab, aholini suvni tejashga chaqirmoqda. Istanbul munitsipaliteti sinoptiklari kelasi hafta kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishini taxmin qilmogda.
2023 yildagi qurg‘oqchilik tufayli shahar hokimiyati bog‘lar va shaxsiy xiyobonlar uchun suv ta’minotini to‘xtatgandi.