AsosiyDunyo

O‘zbekistonlik ayol mudhish jinoyat sodir etdi

Ayol o'zini Shoyguning jiyani deb tanishtirib, moskvaliklarni 100 million rubldan ortiq pulga chuv tushirdi.

'O‘zbekistonlik ayol mudhish jinoyat sodir etdi'ning rasmi

Moskva yashovchi 27 yoshli o‘zbekistonlik ayol Sherxon Usmonova familiyasini "Shoygu"ga o‘zgartirib, o‘zini Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoyguning qarindoshi sifatida tanishtirgan. U kriptovalyutaga sarmoya kiritish bahonasida fuqarolarning yirik pullarini o‘zlashtirishda gumon qilinmoqda.

TASS manbalariga ko‘ra, ayol va uning turmush o‘rtog‘i jinoyiy sxema orqali 100 million rubldan ortiq mablag‘ni qo‘lga kiritib, keyin g‘oyib bo‘lgan. Unga nisbatan firibgarlik bo‘yicha tergov ishlari boshlandi.

Jabrlanganlarning advokati Said Yarahmedovning so‘zlariga ko‘ra, firibgarlikdan zarar ko‘rganlar soni va yetkazilgan zarar miqdori ikki baravar ko‘p bo‘lishi mumkin. Ayni paytda huquq-tartibot organlari gumondalanganlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish uchun hujjatlar tayyorlamoqda.

    Boshqa yangiliklar