AsosiyDunyo

Gazoda 20 mingdan ortiq bola halok bo‘ldi

Isroilning ikki yildan buyon davom etayotgan hujumlari oqibatida G‘azo sektorida halok bo‘lgan bolalar soni rekord darajaga oshdi.

'Gazoda 20 mingdan ortiq bola halok bo‘ldi'ning rasmi

G‘azo hukumat matbuot idorasi ma’lumotiga ko‘ra, 7 oktyabr kuni to‘liq ikki yil bo‘ladigan mojaro davomida 20 mingdan ortiq bola, 12 ming 500 dan ziyod ayol va yuzlab tinch aholi vakillari hayotdan ko‘z yumgan.

Shuningdek, 460 kishi, jumladan 154 bola ochlik va oziq-ovqat tanqisligi sabab vafot etgan, 17 kishi esa sovuqdan muzlab halok bo‘lgan. 7 oktyabrdan beri o‘lgan falastinliklar soni 67 mingdan oshgan, bedarak yo‘qolganlar bilan bu raqam 76 mingdan ortiqni tashkil etadi.

Isroil hujumlari sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimlarini ham izdan chiqargan — 38 ta shifoxona vayron qilingan, 668 ta maktab bombalangan, 13 mingdan ortiq o‘quvchi va yuzlab o‘qituvchilar halok bo‘lgan.

G‘azo hukumat bayonotida Isroilning so‘nggi ikki kunda amalga oshirgan 130 dan ortiq hujumlari oqibatida yana 94 kishi, jumladan ayollar va bolalar halok bo‘lgani, bu esa "Falastin xalqiga qarshi davom etayotgan bosqinning bir qismi" ekani qayd etilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Rossiya va Ukraina urushida Gʻarb Rossiyaga yon bosmoqdami?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 00:25

    Rossiya va Ukraina urushida Gʻarb Rossiyaga yon bosmoqdami?

    Ukraina prezidentining aytishicha, Rossiyaning raketa va dronlarida AQSh, Germaniya, Yaponiya, Xitoy hamda boshqa mamlakatlarda ishlab chiqarilgan qismlar aniqlandi.

    'Aktyor Shohruxxon endi milliarder'ning rasmi

    Dunyo 06.10.2025 21:41

    Aktyor Shohruxxon endi milliarder

    Xonning moliyaviy holati Arnold Shvartsnegger, Rianna, Teylor Svift va Tayger Vuds kabi mashhurlarning daromadlari bilan tenglashmoqda.

    'Dunyodagi eng aqlli odam kimligi aytildi'ning rasmi

    Dunyo 06.10.2025 21:28

    Dunyodagi eng aqlli odam kimligi aytildi

    Uning IQ darajasi 230 ballni tashkil etadi.

    '"Wikipedia"ning muqobil varianti yaratildi'ning rasmi

    Dunyo 06.10.2025 17:54

    "Wikipedia"ning muqobil varianti yaratildi

    “Grokipediya” ikki haftadan keyin ishga tushiriladi.

    'Danna Karagusova Markaziy Osiyodan koinotga chiqqan birinchi ayolga aylanadi'ning rasmi

    Dunyo 06.10.2025 17:18

    Danna Karagusova Markaziy Osiyodan koinotga chiqqan birinchi ayolga aylanadi

    U Amazon asoschisi va milliarder Jeff Bezos tomonidan ishlab chiqilgan New Shepard raketasida uchadi.

    'Fransiyada yangi hukumat tuzildi'ning rasmi

    Dunyo 06.10.2025 13:42

    Fransiyada yangi hukumat tuzildi

    Xo'sh, uning tarkibi qanday?