Darakchi.uz'ning "Dangal gap" podkastida sabr va chidam mavzusi muhokama qilindi. Huquqshunos, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori Kamola Aliyeva usbu masalada o‘zining yuridik nuqtai nazarini bildirib o‘tdi.
“Har bir insonning huquq va erkinligi bor. Sabr va chidam ham shu erkinliklar doirasida bo‘lishi kerak. Agar sabr qilish boshqa birovning huquqini buzishga, inson sha’nini tahqirlashga olib kelsa — bu sabr emas, bu o‘zini yo‘qotishdir”, — deydi u.
Aliyeva ko‘ra, inson tug‘ilganidan boshlab huquq va erkinliklarga ega, va sabr qilish bu huquqlarga zid bo‘lsa, uni davom ettirish foydadan ko‘ra zarar keltiradi.
“Shaxs qadr-qimmatini tahqirlovchi holatlarda sabr qilish shart emas”, — deya ta’kidladi huquqshunos.