Bugun, 7 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 16:35 da Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, zilzila epitsentri Toshkentdan 434 km janubiy-sharqda. Epitsentrda sezilish kuchi 5 bal. Magnitudasi 5,2. Chuqurligi: 30 km. Epitsentr: Afg‘oniston. Koordinatalari 37,4 daraja shimoliy kenglik, 69,93 daraja sharqiy uzunlik.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
Shorchi tumanida 2 bal, 192 km;
Uzun tumanida 2 bal, 199 km;
Denov tumanida 2 bal, 204 km;
Qumqo‘rg‘on tumanida 2 bal, 211 km;
Sariosiyo tumanida 2 bal, 211 km;
Oltinsoy tumanida 2 bal, 212 km.