AsosiyJamiyat

Energetik ichimliklar va shirinliklarda ham narkotiklar aniqlanmoqda

Zamonaviy narkotiklar oddiy ichimlik va oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida yashiringan bo‘lishi mumkin.

'Energetik ichimliklar va shirinliklarda ham narkotiklar aniqlanmoqda'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi katta inspektori Muhammadqodir Mahmudovning aytishicha, so‘nggi vaqtlarda narkotik moddalar faqatgina an’anaviy ko‘rinishdagina emas, balki energetik ichimliklar, qahva, shirinliklar va hatto kuch beruvchi oziq-ovqatlar tarkibida ham uchramoqda.

 

Bu holatning eng xavfli jihati — bir marta iste’mol qilishning o‘zida odamni modda ta’siriga tushirib, ruhiy va jismoniy qaramlikka olib kelishidir. Mutaxassislar bu jarayonni “sezilmas xavf” deb atamoqda, chunki zamonaviy narkotiklar tashqi belgilar orqali darrov sezilmaydi.

 

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yilda 5 ta, 2025 yilning dastlabki 6 oyida esa 8 ta yashirin narkolaboratoriya aniqlandi. Yana bir og‘riqli fakt — talabalar orasida narkojinoyatlarga aralashish holatlari ortmoqda. Bu yilning o‘zida 46 nafar oliygoh talabasining narkosavdoga aloqadorligi aniqlandi.

 

Mutassaddilar va mutaxassislar ota-onalarni hushyor bo‘lishga chaqirmoqda. Chunki bugungi kunda yoshlarning narkotik moddalarga tushib qolishi ko‘p hollarda oila a’zolari tomonidan vaqtida sezilmayapti.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:09

    Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi

    Jinoiy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi Shahzod Rismatovga hukm o‘qidi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:02

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 19:31

    'Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 16:27

    Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

    Markaziy bank 24 noyabr kuni uchun belgilangan yangi valyuta kurslarini e'lon qilindi.

    'Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 15:41

    Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi

    Havodagi PM2.5 va PM10 miqdori oshgan sharoitda yo'llarni namlash shahardagi ikkilamchi changlanishni qisqa vaqtda kamaytiruvchi eng tezkor choralardan biri hisoblanadi.

    'O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 13:18

    O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi

    Turistlar oqimini ko'paytirish, xizmatlar sifatini oshirish va investitsiyalarni rag'batlantirishni ko'zda tutadi.