Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan Buxoro viloyatining Shofirkon tumanidagi "Quljuqtov" va Navoiy viloyatining Konimex tumanidagi "Tovshan" tog‘ massivlarida joylashgan "Oltin Kon" MChJ hududida noqonuniy oltin qazib olish bilan shug‘ullanayotgan shaxslar aniqlandi.
"Kontehnazorat" tomonidan olib borilgan xizmat tekshiruvlari davomida noqonuniy faoliyat yuritayotgan 37 nafar shaxs qo‘lga olindi.
Tadbir chog‘ida 3 ta Ford avtomobilasi, 8 ta perforator, 6 ta kompressor, oltin moddasi mavjud bo‘lgan 400 qopcha ruda va boshqa qo‘lbola uskunalar ashyoviy dalil sifatida hujjatlashitirildi.
Noqonuniy qazilmalar orqali davlat va jamiyat manfaatlariga 20 milliard so‘mdan ortiq zarar etkazilgani qayd etilgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmokda.