AsosiyDunyo

Navoyida erkak aliment talab qilgan xotinini ataylab urib yubordi

Erkak ustidan faqat yo'l harakati qoidalarini buzish moddasi bilan ish ochilgan.

'Navoyida erkak aliment talab qilgan xotinini ataylab urib yubordi'ning rasmi

Navoiy viloyati, Qiziltepa tumanida yashovchi erkak 4 nafar farzandi uchun alimentdan voz kechmagan sobiq turmush o‘rtog‘ini ataylab mashinada urib yubordi.

Buning oqibatida ayol og‘ir jarohat olib, belidan past qismi falaj bo‘lib qolgan. Bu haqda Nemalchi.uz loyihasi viloyat sudining hujjatlariga tayanib xabar berdi.

Qayd etilishicha, ayol uzoq yillar davomida eri tomonidan muntazam kaltaklangan. Ajrashish jarayonida sud 12 avgust kuni er-xotinga 3 oy muhlat bergan va erkakka 4 nafar voyaga yetmagan farzandi uchun aliment to‘lash majburiyatini yuklagan.

Biroq oradan bir kun o‘tib, 13 avgust kuni Shahriyor Zamiraga qo‘ng‘iroq qilib, alimentdan voz kechishini talab qilgan. Ayol rad javobini bergach, 14 avgust kuni Shahriyer Damas mashinasida uni urib yuborgan. Jabrlanganuvchi ayolning umurtqasi singan, asab tolalari shikastlangan, va hozirda u yura olmaydi. Oilasi og‘ir ahvolda davolanish xarajatlarini qoplash uchun qarzga botgan.

Ayolning yaqinlari zolim erkak davolanish xarajatlariga hissa qo‘shishdan bosh tortganini bildirgan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi – "Transport vositalari harakati xavfsizligi qoidalarini buzish" bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Biroq hozirgacha u hibsga olinmagan va Zamiraga yozib, "yaxshi narsa bo‘lmaydi", deya tahdid qilishda davom etmoqda.

Nemalchi.uz usbu holatni keskin qoralab, savollar qo‘ymoqda:

"Nega ayolni qasddan urib yuborilganiga qaramay, bu urinish o‘ldirishga sui-qasd deb baholanmadi? Nega jinoyatchi er hibsga olinmadi? Va eng muhimi – nega ayollar hayotini himoya qilish mexanizmlari hali zaif?"

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Xitoyda ilk bor choʻchqa jigarini odamga koʻchirib oʻtkazildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 14:33

    'Gazo ko'chalarida tinchlik bayrami bo'lib o'tmoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 12:43

    Gazo ko'chalarida tinchlik bayrami bo'lib o'tmoqda

    Ikki yillik urushdan charchagan Gʻazo aholisi oʻt ochish toʻxtatilishi haqidagi yangilikni koʻz yosh va quvonch bilan qarshi oldi.

    'Turkiyada yulduzlar giyohvandlik ayblovi bilan so‘roqqa chaqirildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 02:32

    Turkiyada yulduzlar giyohvandlik ayblovi bilan so‘roqqa chaqirildi

    Hadise, Demet Evgar va Dylan Polat kabi taniqli yulduzlardan qon namunasi olindi.

    'Gazoga yordam yuborgan flot Isroil kuchlari tomonidan toʻxtatildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 02:16

    Gazoga yordam yuborgan flot Isroil kuchlari tomonidan toʻxtatildi

    Falastin faollari tashkil etgan kema kolonnasi xalqaro suvlarda to‘sib qo‘yildi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 08.10.2025 22:21

    'Pokiston va Afg‘oniston chegarasidagi qurolli to‘qnashuv 11 nafar harbiy halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 08.10.2025 18:32

    Pokiston va Afg‘oniston chegarasidagi qurolli to‘qnashuv 11 nafar harbiy halok bo‘ldi

    Qurolli to‘qnashuv Afg‘oniston chegarasi yaqinidagi Orakzoy tumanida yuz bergan.