AsosiyDunyo

Italiyada yangi qonun loyihasi taqdim etildi

Qonunga ko'ra, jamoat joylarida burqa kiyish taqiqlanadi.

'Italiyada yangi qonun loyihasi taqdim etildi'ning rasmi

Italiya Bosh vaziri Jorjiya Meloni yetakchiligidagi “Italiya birodarlari” partiyasi “islomiy va madaniy ajralish” deb atalgan holatlarga qarshi kurashish maqsadida yangi qonun loyihasini parlamentga taqdim etdi. Bu haqda “Zamon.uz” nashri xabar berdi.

Reuters va Finansial Times xabariga ko‘ra, qonun loyihasida bir necha muhim cheklovlar belgilangan. Unga ko‘ra, burqa va niqob kabi yuzni to‘liq yopuvchi kiyimlarni jamoat joylarida, maktablarda, universitetlarda, savdo markazlarida hamda davlat idoralarida kiyish mutlaqo taqiqlanadi. Mazkur qoidani buzganlarga 300 yevrodan 3 000 yevrogacha jarima solinadi. 

Yangi tartibda masjidlar va musulmon tashkilotlari barcha moliyaviy manbalarini ochiqlashi majburiy bo‘ladi. Agar chetdan kelayotgan mablag‘lar “Italiya qadriyatlariga tahdid soluvchi” deb topilsa, ular taqiqlanishi yoki muzlatilishi mumkin.

Shuningdek, qonun loyihasida majburiy nikohlar, diniy bosim o‘tkazish kabi amaliyotlarga qarshi qat’iy jazo choralari kiritilgan. Hujjat mualliflari bu tashabbusni “Italiya jamiyatini himoya qilish va diniy radikallashuvning oldini olish” deb izohlamoqda.

Ammo inson huquqlari tashkilotlari va musulmon jamoalari buni diniy erkinlikka tajovuz deb baholamoqda. Ularning fikricha, bunday cheklovlar Italiya Konstitutsiyasida kafolatlangan vijdon va e’tiqod erkinligi prinsiplariga zid.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 16:11

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:46

    '"Biz Grenlandiyani himoya qilishimiz kerak" — Tramp'ning rasmi

    Dunyo 10.01.2026 15:40

    "Biz Grenlandiyani himoya qilishimiz kerak" — Tramp

    AQSh prezidenti Donald Trump Grenlandiyani Rossiya yoki Xitoy tomonidan bosib olinishining oldini olish uchun Qo'shma Shtatlar unga egalik qilishi kerakligini aytdi.

    'Afg‘onistonda urushdan qolgan snaryadlar tinch aholi hayotiga xavf solmoqda'ning rasmi

    Dunyo 10.01.2026 13:40

    Afg‘onistonda urushdan qolgan snaryadlar tinch aholi hayotiga xavf solmoqda

    Har oy o‘rtacha 55 kishi urushdan qolgan portlovchi buyumlar tufayli halok bo‘lmoqda.

    'Dubay naqd puldan voz kechmoqchi'ning rasmi

    Dunyo 10.01.2026 10:19

    Dubay naqd puldan voz kechmoqchi

    Жорий йилнинг охирига келиб Дубайдаги молиявий операцияларининг 90 фоизи рақамли шаклда амалга оширилади.

    'Turkiya havo qatnovi boʻyicha tarixiy rekordini yangiladi'ning rasmi

    Dunyo 10.01.2026 07:12

    Turkiya havo qatnovi boʻyicha tarixiy rekordini yangiladi

    2025 yilda Turkiya aeroportlari qariyb 250 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi.